Bitfinex: 2024-yilda milliardga yaqin kriptovalyuta foydalanuvchilari bo'ladi.
#tahlil
3 min read
28/12/23, 06:20

Dunyo bo'ylab kripto foydalanuvchilarining umumiy soni. Manba: Bitfinex
Bitfinex tahlilchilarining ta'kidlashicha, 2024-yilda kriptosanoatda foydalanuvchilar soni 850 dan 950 milliongacha yetishi mumkin.
2023-yil kripto bozorlari uchun qiyin davr bo'lgan bo'lsada, tahlilchilar sanoatning o'sishda davom etishiga ishonishadi.
Shu sabab 2024-yilda foydalanuvchilar soni bir milliardga yetishini taxmin qilishmoqda.
Bitfinex kriptobirjasi tahlilchilari joriy yil 1- dekabr holatiga ko'ra kriptovalyuta egalari 432 milliondan 575 millionga yetganini ma'lum qilishdi.
Shuningdek, tahlilchilar bu boradagi investitsiya faolligi oshib borayotganini ham aytishdi.
Ularga ko'ra, agar spot Bitcoin ETF tasdiqlansa, bozor grafiklar asosida kutilgan o`sishni boshdan kechirishi mumkin.
20-dekabr kuni Greyscale bosh direktori Maykl Sonnenshein CNBC telekanaliga bergan intervyusida
bitcoin ETF ma'qullanishi Bitcoindan foydalanish qamrovini oshirishini, shuningdek, bu
Bitcoinga Qo'shma Shtatlardagi taxminan 30 trillion dollarlik bozorga kirish imkonini berishini alohida urg'uladi.