Blockchain Life 2026: Dubayda kriptoindustriya yetakchilari uchrashadi
Tadbir vaqti:
15:00

2026-yil 1–2-dekabr kunlari Dubayda Blockchain Life 2026 xalqaro forumi bo‘lib o‘tadi. Tadbir 130 dan ortiq mamlakatdan 15 000 dan ziyod ishtirokchi, 200 dan ortiq spiker va 200 dan ortiq homiyni birlashtiradi.
Blockchain Life — kriptoindustriya vakillari, yirik loyihalar asoschilari, kompaniya rahbarlari, investorlar va treyderlar uchun tajriba almashish hamda yangi hamkorlik aloqalarini o‘rnatish maydoni.
Forumda Web3, raqamli moliya, investitsiyalar, sun’iy intellekt va kelajak texnologiyalariga oid dolzarb mavzular muhokama qilinadi.
Ishtirokchilarni nimalar kutmoqda?
Ikki sahnada 200 dan ortiq spiker. Yirik loyihalar asoschilari va rahbarlari, investorlar, yetakchi investitsiya fondlari vakillari, xalqaro ekspertlar va taniqli treyderlar o‘z tajribalarini ulashadi.
200 dan ortiq homiy ishtirokidagi ko‘rgazma. Yetakchi kriptoloyihalar, birjalar, mayning kompaniyalari, Web3 va AI jamoalari hamda istiqbolli startaplar o‘z yechimlarini namoyish etadi. Dasturdan treyding turnirlari ham o‘rin olgan.
AI Future Forum 2026. Yangi yo‘nalish sun’iy intellektning amaliy qo‘llanilishi, robototexnikadagi so‘nggi yutuqlar hamda AI texnologiyalarining kriptoindustriya va biznes bilan uyg‘unlashuviga bag‘ishlanadi.
Forum yakunidagi afterparty. Dubayning yetakchi klublaridan birida jahon darajasidagi yulduz ishtirokida kecha tashkil etiladi.
Blockchain Life 2026 sohadagi yangi tendensiyalar bilan tanishish, xalqaro mutaxassislar bilan muloqot qilish va biznes aloqalarini kengaytirish imkoniyatini taqdim etadi.
Sana: 2026-yil 1–2-dekabr
Manzil: Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari
Forum haqida batafsil ma’lumot va chiptalar
Chipta xaridida 10% chegirma uchun promokod: BLOCKCHAINTEXNO