Yozning eng qimmat “transfer”lari endi futbol emas — AI sohasida
#AI
2 daqiqa
02/07/25, 09:39

Foto: Blockchain Texno
Meta (sobiq Facebook) sun’iy intellekt bo‘yicha global poygada oldinga chiqish uchun kuchli jamoa yig‘moqda. Kompaniya OpenAI va Googledagi yetakchi mutaxassislarni o‘z safiga jalb qilmoqda.
Ulardan biri — OpenAI muhandisi Jiahui Yu bo‘lib, u 100 million dollar evaziga Metaga o‘tgan. Taqqos uchun: Krishtiano Ronaldoning Real Madridga o‘tishi 80 million dollar turgan edi.
Bu voqealar fonida 4 ta muhim jihat:
AI poygasi – ko‘z o‘ngimizda kechmoqda. Oddiy foydalanuvchi sifatida biz bu texnologiyalarni sinab ko‘ryapmiz.
Immigrantlar – AQSh texnologik yutuqlarining asosiy harakatlantiruvchi kuchi. META’ning AI jamoasiga qo‘shilgan barcha yulduzlar immigrantlar.
Non-compete clause (raqobatchi kompaniyada ishlashni taqiqlovchi shartnoma) yo‘qligi – innovatsiyani tezlashtiradi.
LLaMA modelida katta yangiliklar kutilmoqda – eng muhimi, u open-source bo‘lib qoladi.
Sun’iy intellektdagi bu poyga nafaqat kompaniyalar, balki butun insoniyatning texnologik kelajagini shakllantirmoqda.