Yirik investorlar (kitlar) Bitcoin’da short pozitsiyalar ochmoqda — ehtiyot bo‘lish kerak
#bitcoin
2 daqiqa
10/06/25, 09:34

Foto: Blockchain Texno
Bozor o‘ta faollashgan va narx o‘zgaruvchanligi yuqori bo‘lib turgan bir paytda, katta treyderlar Bitcoin narxi tushadi deb hisoblab, qisqa savdolar (shortlar)ni boshladi.
Birinchi treyder — 65 million dollarlik short ochgan, 40x plecho bilan. U ilgari 7,58 million dollar foyda ko‘rgan — tajribali o‘yinchi.
Ikkinchi treyder — 43 million dollarlik short ochgan, 35x plecho bilan.
Ikkisi ham Hyperdash’da kuzatilyapti.
Bunday yirik shortlar:
– Tezkor narx tushishiga pul tikish bo‘lishi mumkin
– Yoki oldingi (spot) pozitsiyalarni xavfdan himoyalash (hedj) usuli
– Yoki katta pasayishga tayyorgarlik
Yaqin kunlarda bozor harakati va majburiy yopilayotgan bitimlar (likvidatsiyalar)ni diqqat bilan kuzatish muhim. Bozor keskin burilishi mumkin.