Yirik investor 14 million dollar zarar bilan PEPE va BEAM tokenlarini sotib barcha puliga ONDO sotib oldi
#ondo
2 daqiqa
03/03/25, 12:52

Foto: Blockchain Texno
So‘nggi 17 soat ichida ushbu investor quyidagi harakatlarni amalga oshirdi:
PEPE sotuvi: 531,7 milliard PEPE tokenini atigi 4,1 million DAI evaziga sotdi. Natija: 6,9 million dollar zarar (-63%) – bor-yo‘g‘i 3 oy ichida.
BEAM sotuvi: 261,6 million BEAM tokenini 2,13 million DAI evaziga sotdi. Natija: 7,13 million dollar zarar (-77%) – deyarli 3 oy ichida.
ONDO xaridi: 6,26 million DAI sarflab 5,35 million dona ONDO sotib oldi. Bu investor ilk marta ONDO tokeniga pul tikkan.
Qizig‘i shundaki, ONDO AQSh prezidenti Donald Trump’ning World Liberty Financial portfelida mavjud. Kecha Trump AQSh Kripto Rezervini e’lon qilib, ushbu ro‘yxatga BTC, ETH, SOL, XRP, ADA, ONDO va boshqa muhim kripto-aktivlar kiritilganini aytgan edi.