top of page

Yevropa hududida faoliyat yuritadigan birjalar 30-dekabrga qadar USDT stablecoinini delisting qilishi kerak.

#USDT

2 daqiqa

23/12/24, 10:27

itBit news

Bu talab Yevropada kripto-aktivlarni tartibga soluvchi MiCA (Markets in Crypto-Assets) qonun-qoidalari talabiga ko'ra amalga oshiriladi.


Bu esa Bitstamp, Kraken Europe, CoinBase Europe kabi Yevropada ro'yxatdan o'tgan birjalar foydalanuvchilar uchun USDT bilan bog'liq barcha kripto juftliklarni delisting qilishiga olib keladi.


Mutaxassislarning ta'kidlashicha, USDT delisting Yevropa Ittifoqi bozorlarida likvidlik muammolarini keltirib chiqarishi mumkin.


Chunki USDT hozirda eng yuqori likvidlikka ega stablecoin hisoblanadi.


Hozircha, USD Coin (USDC) Yevropa Ittifoqining kripto-aktivlar bozorlari (MiCA) me'yoriy-huquqiy bazasiga mos keladigan yagona stablecoin bo'lib turibdi.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page