Yaponiyaning yirik kompaniyasi Bitcoinni zaxira aktivi sifatida qabul qilishini e’lon qildi
#bitcoin
14/05/24, 07:58
Foto: tadviser
Yaponiya iqtisodidagi turg‘unlik sabab Bitcoinni o‘zining zaxira aktivlari qatoriga kiritdi.
Metaplanet kompaniyasi hozirda, kompaniya qiymati hozirgi kursda 7,2 million dollarga teng 117,7 ta Bitcoinga egalik qiladi.
Oxirgi paytlarda, Yaponiya iyenasi sezilarli darajada qadrsizlanib,o‘zining tarixiy oxirgi 34 yildagi maksimumini yangilab, 1 dollar uchun 160 iyena miqdorigacha qadrsizlangan edi.
Ushbu vaziyatda Metaplanet kompaniyasi kripto-aktivlar iqtisodiy turg‘unliklardan chiqishga yordam beradigan aktiv bo‘lib xizmat qiladi deb hisoblaydi.
Metaplanet kompaniyasi xodimi “Bitcoinning pul-kredit siyosati 2140-yilgacha qattiq o‘rnatilgan bo‘lib, bu uni markazlashgan ishlab chiquvchilar jamoalarining xohish-istaklari asosida boshqariladigan vositalardan ajratib turadi va faqatgina 21 000 000 BTC mavjud ekanligi bilan boshqa aktivlardan keskin farq qiladi" deb ta’kidlagan.