top of page

Yangi ochilgan ikkita kripto-aktiv hamyoni katta miqdorda altcoin sotib oldi

altkoin

20/05/24, 09:03

Foto: Reuters

Ikkita yangi ochilgan hamyon jami 4 million dollarlik altcoin sotib oldi.


Blockchain tahlil platformasi Lookonchain tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, bu ikki hamyon hafta oxirida BLZ tokenini Binance birjasidan olgan.


Noma’lum hamyonlar jami 12,73 million dona BLZ (4,03 million dollarlik) sotib oldi.


CoinMarketCap ma’lumotlariga ko‘ra, Bluezelle (BLZ) narxi so‘nggi etti kun ichida 22,83 foizga arzonlashgan.


BLZ, Bluzelle kompaniyasining kripto-aktivi bo‘lib Bluzelle tarmog‘ida tranzaksiya to‘lovlarini to‘lash, staking orqali daromad olish va Bluzelle tarmog‘ini boshqarish uchun ishlatilishi mumkin.

Game Finance (GameFi) uchun mo‘ljallangan Bluzelle Ethereum-da yuqori tranzaksiya to‘lovlari muammosini hal qilishga qaratilgan.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page