Yana bir kompaniya Buyuk Britaniyadagi mijozlariga kripto-aktivlar bilan savdo qilish imkonini beradi
kripto-aktivlar
17/05/24, 04:41

Foto: Fidelity
Interactive Brokers UK Limited (IBUK) nomi bilan tanilgan Interactive Brokers kompaniyasining Britaniya bo‘limi o‘z mijozlari uchun kripto-aktiv savdo qilish imkoniyatini yaratdi.
Interactive Brokers yirik elektron savdo platformasi bo‘lib, umumiy aktivlari 128,42 milliard dollardan oshadi. O‘tgan yili kompaniya jami 4,34 milliard dollar daromad olgan.
Endilikda, investorlar Interactive Brokers ilovasi orqali Bitcoin, Ethereum, Litecoin, Bitcoin Cash kabi kriptovalyutalar bilan savdo qila olishadi.
Interactive Broker mijozlari uchun kripto komissiyalari oylik savdo hajmiga qarab 0,12% dan 0,18% gacha bo‘lgan koffisiyentda o‘rnatdi va bitimni keyingi kunga o‘tkazishda brokerlar tomonidan qo‘llaniladigan ‘’svap’’ to‘lovlari olmasliklarini e’lon qildi.