top of page

XRP va SEC o‘rtasidagi sud jarayoni qachongacha davom etishi ma’lum bo‘ldi

Ripple, Altkoin

12/02/24, 06:30

Foto:blockchair.com

AQSH Qimmatli qog‘ozlar birja komissiyasi (SEC) va XRP Ripple Labs o‘rtasida anchadan beri davom etayotgan sud jarayapellyatsiyasiya instansiyasida ko‘rib chiqilish ehtimoli sabab 2026-yilgacha davom etishi mumkin. Tomonlar o‘z pozitsiyalarini mustahkamlagan holda kurashni davom ettirishadi.


Huquqiy kurash apellyatsiya va boshqa yuqori sud instansiyalari kabi murakkab sud jarayonlari sabab 2026-yilgacha davom etishi mumkinligi haqida coingape nashri xabar qiladi.


SEC ve Ripple Labs o‘rtasidagi sud jarayonlari qonun va blokcheyn texnologiyasi uchun muhim nuqta hisoblanadi.


Kriptovalyutalar ixlosmandlarining e’tiborini tortgan XRP Ripple va SEC ning sud jarayonida qabul qilingan sudning hal qiluv qarori kelajakda SEC kabi kripto-aktivlar regulyatorlari hamda boshqa kriptovalyuta kompaniyalari o‘rtasida bo‘lishi mumkin bo‘lgan nizolarni hal qilishda sud prezidenti bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

 

                   XRP vs SEC sud jarayonlari vaqt jadvali


Tobora qiziq tus olayotgan sud jarayoni AQSH Qimmatli qog‘ozlar birjasi komissiyasi (SEC) ning XRP Ripple ni ro‘yxatdan o‘tmagan holda kriptovalyutalarni taklif etganligi da’vosi sabab boshlangandi.


Sud ish 2024-yilning yozida sudya Analisa Torresning hal qiluv qarorini chiqarishi  orqali yakunlanishi ko‘zlangan edi. Shundan so‘ng, tomonlarning har birida qaror ustidan shikoyat  qilish imkoniyati paydo bo‘ladi.


Agar tomonlardan bir apellyatsiya shikoyati bersa, sud ishi 2025-yil hatto 2026-yilgacha davom etishi mumkin. 


Qimmatli qog‘ozlar birja komissiyasi (SEC) allaqachon apellyatsiya shikoyatini ko‘rib chiqishga moyilligini ko‘rsatib o‘tdi, bu SECning sudya Torresning qimmatli qog‘oz emas deb hisoblangan XRP’ning dasturiy savdosi va boshqa taqsimotlari bo‘yicha xulosasiga nisbatan e’tirozida sezildi.

Bu esa SEC tomonidan ijobiy natijaga erishish uchun kurashni davom ettirishi mumkinligini anglatadi.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page