XRP noqonuniy amalga oshirilgan savdo uchun salkam 2 milliard dollar jarima to‘lashi mumkin
Ripple
26/03/24, 09:24

Foto: Reuters
AQSh Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasi Ripple Labs kompaniyasidan kriptovalyutasini noqonuniy sotgani uchun taxminan 2 milliard dollar jarima talab qildi.
Ripple kompaniyasining advokati Styuart Alderoti ijtimoiy tarmoqlardagi postlarida Manxettendagi XRP ishini ko‘rayotgan tuman sudyasi Analisa Torresdan dushanba kuni taqdim etilgan sud hujjatlarida Qimmatli qog‘ozlar birja komissiyasi Ripple Labs kompaniyasidan noqonuniy kriptovalyutlalar faoliyatini amalga oshirganligi uchun jarima tayinlash to‘g‘risida hujjatlarni ham keltirganini aytib o‘tdi.
Komissiya hujjatlarni seshanba kuni tahrirlar bilan ommaga taqdim etishi rejalashtirilgan.
SEC uzoq vaqtdan beri kriptovalyutalarlar qimmatli qog‘ozlar ekanligini va qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi qonun bilan boshqarilishi kerakligini ta’kidlab keladi.
Ammo Ripple Lab advokatlari qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi qonunlar raqamli aktivlarni ko‘rib chiqishga qodir emasligini ta’kidlab, yangi, maxsus tartibga solishni talab qilishdi.
Sudya Torres, Ripple’ning XRP’ni davlat birjalarida sotilishi ro‘yxatdan o‘tmagan qimmatli qog‘ozlarni sotish bilan teng emas degan qarorga kelgan.