top of page

Worldcoin nima va WLD tokenlarini qanday olish mumkin

Kriptopediya

5 daqiqa

09/10/25, 14:49

Foto: AI

Worldcoin nima?


Worldcoin — OpenAI (ChatGPT yaratuvchisi) asoschisi Sem Altman tomonidan ishga tushirilgan kripto-loyiha. G‘oya oddiy: har bir inson o‘zini haqiqiy odam ekanini, sun’iy intellekt emasligini isbotlay oladigan global tizim yaratish.


Buning uchun Worldcoin Orb deb nomlangan dumaloq “ko‘z kamerasi”dan foydalanadi. U insonning ko‘z qorachig‘ini skanerlab, noyob raqamli identifikator, ya'ni World ID yaratadi. Bu identifikator ko‘zni o‘zi saqlamaydi, faqat kriptografik xeshni, asl suratni qayta tiklab bo‘lmaydigan matematik izni saqlaydi.


Nima uchun kerak?


Loyiha mualliflari fikricha, kelajakda sun’iy intellekt inson harakatlarini tobora ko‘proq taqlid qilayotgan bir paytda, odam bilan mashinani ajrata olish tizimi zarur bo‘ladi.

World ID shaxsni tasdiqlovchi “insonlik pasporti” bo‘lib, u orqali vebsaytlarda ro‘yxatdan o‘tish, ovoz berish va kripto-ilovalardan foydalanish mumkin bo‘ladi.


Ammo hamma hammaga ham ushbu yondashuv yoqmadi, chunki tanqidchilar loyihani “raqamli totalitarizm” deb atab, biometrik ma’lumotlar tarqalib ketishidan va identifikatsiya markazlashib qolishi xatari bor ekanligini aytishmoqda.


WLD tokeni nima?


WLD — 2023-yil iyul oyida ishga tushirilgan Worldcoin tokeni. U Optimism (Ethereum Layer 2) tarmog‘ida ishlaydi. Token mukofot va boshqaruv vositasi sifatida xizmat qiladi. Orb orqali identifikatsiyadan o‘tgan foydalanuvchilar muntazam ravishda bepul WLD tokenlarini olishadi, bu shartli “asosiy daromad” sifatida ko‘riladi.


WLD tokenlarini qanday olish mumkin?


  1. Verifikatsiya nuqtasini toping: World App ilovasida eng yaqin Orb punktini topish mumkin. Ular o‘nlab mamlakatlarda mavjud (MDHda hozircha cheklangan).


  1. Ko‘zingizni skaner qildiring: Orb sizning World ID’ingizni yaratadi. Jarayon bir necha daqiqa davom etadi.


  1. Tokenlarni oling: Hisobingiz tasdiqlangandan so‘ng, sizning World App hamyoningizga WLD tokenlari tushadi. Miqdor va chastota mintaqaga qarab farq qiladi.


WLD’ni qayerda saqlash va ishlatish mumkin?


  • Saqlash: rasmiy World App hamyonida yoki Binance, OKX, Bybit kabi birjalarda.

  • Foydalanish: hozircha imkoniyatlar cheklangan. Tokenlarni savdo qilish, o‘tkazish yoki steykingda ishlatish mumkin. Jamoa kelajakda ekotizimni kengaytirishni va’da qilgan.


Kimlar moliyalashtirgan?


Worldcoin’ni Andreessen Horowitz (a16z), Bain Capital Crypto va Blockchain Capital kabi yirik investorlar qo‘llab-quvvatlagan. Umumiy investitsiya hajmi 250 million dollardan ortiq.


Muammolar va tanqidlar


  1. Biometriya: odamlar shaxsiy ma’lumotlari noto‘g‘ri ishlatilishidan xavotirda.


  1. Markazlashuv: loyiha o‘zini “desentralizatsiyalangan” deb e’lon qilgan bo‘lsa-da, hozircha boshqaruv Tools for Humanity kompaniyasi qo‘lida.


  1. Regulyatsiya: ayrim mamlakatlarda (masalan, Keniya) Worldcoin faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan. Qonuniylik tekshirilmoqda.


Worldcoin kelajagi


Jamoa 2030-yilgacha to‘liq desentralizatsiyani va’da qilgan. Agar loyiha omon qolsa va raqamli identifikatsiya standarti bo‘lsa, WLD Web3 iqtisodiyotining kalitiga aylanishi mumkin. Agar yo‘q bo‘lsa, bu Sem Altman’ning kripto va sun’iy intellekt oralig‘idagi navbatdagi tajribasi bo'lib qoladi.


Xulosa


Worldcoin — kriptografiya, biometrika va global iqtisodiyot kesishgan jasur loyiha.

WLD tokenlarini bepul olish mumkin, ammo buning narxi siz o‘zingiz haqingizdagi ma’lumotlarni bu loyihaga ishonib topshirishingizdadir.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2025 ©
bottom of page