UzNEX va Lockton — O‘zbekiston kripto bozorida yangi davrni boshlab bermoqda
#UZNEX
5 daqiqa
18/08/25, 13:11

Foto: AI
Milliy istiqbolli loyihalar agentligi (NAPP) tomonidan litsenziyaga ega bo‘lgan birinchi kripto-aktivlar birjasi UzNEX bugun mamlakatning ilk litsenziyalangan kripto-depozitariysi Lockton Finance bilan strategik hamkorlikni e’lon qildi. Ushbu ikki loyiha birgalikda O‘zbekistonda ham, butun Markaziy Osiyoda ham kripto-aktivlardan foydalanish jarayonini rivojlantirish va tezlashtirishga xizmat qiladi.
Hamkorlikning asosiy maqsadi — Markaziy Osiyodagi kichik va o‘rta hajmdagi kripto loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, ularni maqsadli bozor va auditoriyaga samarali yetkazib berishdir. UzNEX va Lockton’ning mustahkam va litsenziyalangan xizmatlari orqali loyihalar o‘z tokenlarini mahalliy valyutalarda xarid qilish, sotish va savdo qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi, shuningdek, tokenlarni xavfsiz tarzda depozit yoki foizli hisob raqamlarida saqlab, barqaror daromad olishi mumkin bo‘ladi.

O‘zbekiston raqamli iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik
UzNEX 2018-yildan buyon KOBEA Group (Koreya Blockchain Entrepreneurs Association) va O‘zbekiston hukumati o‘rtasidagi strategik hamkorlik asosida faoliyat yuritib kelmoqda. Shu bilan birga, Lockton Finance 2023-yildan buyon NAPP litsenziyasi asosida shifrlangan kripto-depozitariy xizmatlarini taqdim etadi. Ushbu ikki bozor yetakchisining qo‘shma hamkorligi foydalanuvchilarga yuqori sifatli va xavfsiz kripto-aktiv xizmatlarini taklif qilishni va’da qiladi.
Ellena Ki, UzNEX’ning hamkorliklar bo‘yicha bosh direktori:
“O‘zbekistondagi birinchi litsenziyalangan kripto-aktiv birjasi sifatida biz mamlakatning ilk litsenziyalangan depozitariysi bo‘lgan Lockton bilan hamkorlikdan mamnunmiz. Ushbu hamkorlik orqali xalqaro hamkorlarimiz bilan birga global aloqadorlikni kuchaytirish niyatidamiz. Maqsadimiz — Markaziy Osiyo uchun ishonchli blokcheyn va moliyaviy innovatsiyalar markaziga aylanish.”
Denis Shipilov, Lockton Hub LLC direktori:
“Uzbekistondagi eng yirik va yetakchi kripto birja UzNEX bilan hamkorligimiz kripto xizmatlari bozorida yangi davrni boshlab beradi. Biz xalqaro KOBEA GROUP jamoasi bilan birgalikda blokcheyn sohasini mintaqada ommaviy joriy etishga hissa qo‘shayotganimizdan mamnunmiz.”
O‘zbekiston kripto bozorida yetakchi davlatlardan biri
Bugungi kunda O‘zbekiston kripto-aktivlarni ifoydalanish qilish bo‘yicha Markaziy Osiyoda 1-o‘rinda, dunyoda esa 33-o‘rinda turadi. 2018-yildan buyon KOBEA Group va hukumat o‘rtasidagi hamkorlik mamlakatda kripto-aktivlar sohasini tubdan o‘zgartirdi va innovatsion rivojlanish davrini boshlab berdi.
Mamlakat bugun kripto-aktivlarni tartibga soluvchi keng qamrovli me’yoriy-huquqiy bazaga ega bo‘lib, bu iste’molchilarni himoya qilish bilan birga, mintaqadagi Web3 ishlab chiquvchilarini faol qo‘llab-quvvatlamoqda.
O‘zbekistonda hozirda qariyb 30 ta kripto-aktivga oid loyiha to‘liq qonuniy asosda faoliyat yuritmoqda. Ular orasida UzNEX va Lockton o‘z segmentida yetakchi xizmat ko‘rsatuvchilar sifatida ajralib turadi. Davlatning qo‘shimcha tashabbuslari va mintaqaviy hamkorlik dasturlari tufayli sohaning keyingi yillarda ham tez sur’atlar bilan rivojlanishi kutilmoqda.
UzNEX haqida
UzNEX — O‘zbekistonning birinchi litsenziyalangan kripto-aktiv birjasi bo‘lib, KOBEA Group tomonidan boshqariladi. U Markaziy Osiyoda milliy valyuta, xalqaro bank kartalari va AQSH dollari orqali savdo imkoniyatini taqdim etuvchi ilk birja hisoblanadi. UzNEX o‘z missiyasini — xavfsiz, qonuniy va hamma uchun ochiq kripto-aktiv platformasi sifatida moliyaviy innovatsiyalarni rivojlantirish, ishonch va shaffoflikni mustahkamlash hamda global aloqadorlikni kengaytirish deb belgilagan.
KOBEA haqida KOBEA Group — Koreya Blockchain Entrepreneurs Association’ni boshqaradi. 2018-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Koreyaning ilg‘or blokcheyn kompaniyalarini xalqaro bozorga olib chiqish va hamkorlik konsortsiumlari tuzishda ko‘prik vazifasini bajaradi. Shuningdek, KOBEA O‘zbekistonda NAPP tomonidan rasmiy litsenziyaga ega bo‘lgan UzNEX global kripto birjasini boshqaradi.
Lockton Finance haqida
Lockton Finance — O‘zbekistondagi ilk litsenziyalangan kripto-depozitariy bo‘lib, RWA tokenizatsiyasi, ITO va kripto-protsessing yechimlari bo‘yicha yetakchi hisoblanadi. Kompaniya dunyodagi birinchi ITO konstruktorini ishlab chiqqan bo‘lib, u 1000 dan ortiq aqlli kontraktlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu bizneslarga blokcheyn texnologiyasi asosida innovatsion moliyaviy vositalar yaratish imkonini beradi.
Lockton Solutions haqida
Lockton Solutions LLC FZ — Dubayda joylashgan xalqaro ilmiy-tadqiqot kompaniyasi bo‘lib, tartibga solingan blokcheyn yechimlarini ishlab chiqish va integratsiya qilish, shuningdek Web3 sohasida maslahat xizmatlarini taqdim etadi.