UZNEX kripto-birjasining 2.0 versiyasi chiqarilmoqda
5 min read
13/06/24, 09:29
Foto:UZNEX
UZNEX kripto-birjasi O'zbekistonda kripto-aktivlar sohasida fuqarolarga xizmat ko'rsatuvchi litsenziyaga ega xizmat provayderi hisoblanadi.
Hozirda ushbu kripto-birjaning 2.0 versiyasini chiqarishni rejalashtirilmoqda.
UZNEX 2.0 versiyasi hozirgi UZNEX xizmat provayderidan bir necha xususiyatlari bilan farq qiladi. Xususan, ko'plab kripto treyderlarni qiziqtiradigan fyucherslar savdolarini amalga oshirish imkoniyati vujudga keladi.
Hozirda, UZNEX birjasida 17 ta milliy valyutamiz so'm orqali savdoni amalga oshirish mumkin bo'lgan savdo juftligi va 1 ta BTC/ETH savdo parasi mavjud.
Rejalashtirilayotgan UZNEX 2.0 versiyasida mijozlarga kredit yelkasi (leverage) yordamida kripto aktivlari bilan savdo qilish imkoniyati vujudga keladi.
UZNEX 2.0 versiyasida uzoq vaqtdan beri kutilayotgan USDT bozorini ochilishi rejalashtirilgan.
O'zbekiston fuqarolari endilikda ham milliy valyutamiz - so'm, ham stablecoin - USDT orqali kripto-aktivlar bilan savdolarni amalga oshirishlari mumkin bo'ladi.
Shuningdek, kelajakda juda katta kripto-ekosistemasi bo'lishi kutilayotgan Ton blockchainining tokeni Toncoin kripto-aktivi ham UZNEX birjasida listing qilinishi kutilmoqda.
UZNEX 2.0 versiyasida mijozlarga to'g'ridan-to'g'ri savdo qilish imkonini beradigan P2P savdo funksiyasini ham qo'shmoqchi. Mijozlar 24/7 formatda P2P savdolarini amalga oshirishlari mumkin bo'ladi.
Kelajakda, shuningdek, mijozlar uchun NFT bozori ishga tushirilishi va Staking xizmati ham taklif qilinishi rejalashtirigan.
E'tiborlisi, UZNEX 2.0 versiyasi orqali yangi mijozlar tajriba orttirish uchun demo savdo maydonchalariga ega bo'ladilar va yuqori daromadli treyderlar portfelini kuzatish imkonini beruvchi - copy trading imkoniyatini qo'lga kiritadilar.
Yuqoridagi imkoniyatlarni taqdim qilish uchun UZNEX jamosi hozirda beta platformasi uchun testerlarni jalb qilishni allaqachon boshlagan.
UZNEX 2.0 versiyasini ishga tushirish ushbu yil iyul oyining oxirida bo'lishi kutilmoqda, biroq vaziyatga qarab tizim ishga tushirilishi kechikishi mumkin.