top of page

Turkiyadagi banklar kredit kartalari bilan kripto sotib olgan mijozlarning kartalarini bloklashini e'lon qildi

Turkiya

30/01/24, 17:25

Foto: Reuters

Turkiyadagi banklar oltin, chet el valyutasi va kripto aktivlarini kredit kartalari orqali sotib olgan mijozlarning kartalari bloklanishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Turkiyada, iqtisodiy inqiroz fonida kreditlarga turli cheklovlar kuchaytirilgan bo‘lsa-da kredit kartalaridagi xarajatlar shiddatli ravishda o‘sishi davom etmoqda. Banklar kredit kartalaridan asosiy ehtiyojlardan boshqa maqsadlarda foydalanishni oldini olish uchun yangi dasturni ishga tushirdi. Banklar o‘z foydalanuvchilarining kredit kartalari sarfini diqqat bilan kuzatib borishi ma’lum qilindi.

Banklar tomonidan kredit karta mijozlariga yuborilgan yangi ogohlantirishda, kredit kartalari orqali chet el valyutasi, oltin va kripto aktivlarini xarid qilgan foydalanuvchilarning kartalari asossiz o‘tkazmalar sifatida ko‘rilishi tufayli foydalanish uchun bloklanishi mumkinligi ta’kidlandi.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page