Trillion dollarlik sarmoyani boshqaradigan kompaniya Bitcoin’ga o‘z e’tiborini qaratmoqda
#bitcoin
29/01/24, 08:45
Foto: Cointelegraph
BlackRock va Fidelity’dan keyin yana bir AQSh giganti Bitcoin spot ETF bozoriga kirishi kutilmoqda.
Ta’kidlanishicha, 7 trillion dollardan ortiq sarmoya boshqaruviga ega bo‘lgan Charlz Shvab kompaniyasi, Bitcoin ETFlarga yaqin vaqt ichida o‘z mahsulotini ishga tushiradi.
AQSH matbuotidagi xabarlarga ko‘ra, moliyaviy ekspertlar Charlz Shvabning birinchi urinishdayoq Bitcoin ETF sohasida ustunlikka erishishi mumkin.
Bloomberg ETF tahlilchisi Erik Balchunasning tahminiga ko‘ra, Charlz Shvabning bu sohaga kech kirishi ularni ETFdagi eng arzon mahsulotga ega kompaniyaga aylantiradi. Chunki kompaniya 0,10 dollarlik komissiya joriy etishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumot uchun, Fidelity va BlackRock kabi kompaniyalar ETF mahsulotlari uchun komissiya to‘lovini 0,20-0,30 foiz orasigacha qilib belgilagan. Grayscale’de esa bu ko‘rsatkich 1,5 foizni tashkil qiladi.