top of page

Tramp saylanishi bilan "yangi kitlar" jonlanib qoldi

#bitcoin

2 daqiqa

06/11/24, 11:49

Foto: Cointelegraph

Yangi “kitlar”, ya’ni katta miqdorda Bitcoin sotib olayotgan investorlar, 2024-yilgi saylovda sobiq prezident Donald Trampning g’alabasiga ishonib kriptovalyutani to’play boshlashdi.


Bu kitlar Binance’dagi (eng yirik markazlashgan birja) 11 yangi yaratilgan kriptohamyonlariga 1806 Bitcoin (BTC) -taxminan 132 million dollar- sotib olib, chiqarib olishgan.


Kripto tadqiqotlar platformasi Lookonchain 6-noyabrda X ijtimoiy tarmog’ida shu haqda xabar berdi.


Investorlarning bitcoin kabi yuqori riskli aktivlarga bo’lgan ishtiyoqi ortib bormoqda, chunki 5-noyabrda o’tkazilgan prezidentlik saylovida Trampning g’alabasi katta qiziqish bilan kutildi.


Bir qancha manbalar, jumladan The Hill va Decision Desk HQ, Trampni g’olib deb e’lon qildi. U 2020-yilda yutqazgan Pensilvaniya, Shimoliy Karolina va Jorjiya kabi muhim shtatlarni qo’lga kiritgan.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page