top of page

To'liq suyultirilgan bozor kapitali nima?

Blockcheyn

01/04/24, 09:37

Foto:Pixabay

To‘liq suyultirilgan bozor kapitali barcha tokenlar muomalada bo‘lsa, aktivning bozor qiymatining taxminiy prognozi hisoblanadi.


To‘liq suyultirilgan bozordagi kapitali ushbu aktivning kapitallashuvi anglatmaydi.


Kriptovalyutaning bozor kapitallashuvi quyidagicha hisoblanadi.


Bozor kapitallashuvi = hozirda birjalarda savdo qilinayotgan kriptovalyutaning miqdori × har bitta kriptovalyutaning hozirgi narxi.


Misol uchun, stabilecoin DAI kriptovalyutasini olsak kriptovalyutaning hozirda mavjud miqdori $5,347,888,596 ta DAI, hozirda har bitta DAI kriptovalyutasi $1.00 turadi. Demak, DAI stabilecoining bozor kapitallashuvi $5 347 888 596 dollar turadi. Bu kriptovalyutaning bozor kapitallashuvi topishni oson yo‘li.


Har bitta kriptovalyutalar ham barcha miqdori sotuvga chiqarilmaydi. Balki ular stakinga qo‘yilishi, kriptovalyutani chiqargan jamoa uni bo‘lib-bo‘lib bozorga joylashi mumkin. Ko‘pgina yangi kriptovalyutalar shu usuldan foydalanadi va vaqti vaqti bilan staking dan qulflangan kriptovalyutalarni bozorga chiqarishadi.


Shu yerda bizga to‘liq suyultirilgan bozor kapitallashuvini hisoblash kerak bo‘ladi. U bizga kriptoaktivning bozor kapitallashuvi haqida ko‘proq ma’lumot olish imkonini beradi.


To‘liq suyultirilgan bozordagi kapitali bu bozorda mavjud va hozirda qulflangan barcha bu turdagi bozor qiymatini ifodalaydi. Misol uchun; Chainlink kriptovalyutasini olsak, bu kriptovalyutaning umumiy ta’minoti 1 000 000 000 ta hisoblanadi.


Lekin hozirda barcha markazlashgan va markazlashmagan birjalarda, faqatgina 587,099,970 ta Chainlink kriptovalyutasi oldi-sotdi qilinmoqda. Bu umumiy ta’minotning 58.71% tashkil qiladi. To‘liq suyultirilgan bozor kapitali agar qolgan qulfdagi yoki hali bozorga chiqarilmagan kriptovalyuta hozir birdaniga bozorda paydo bo‘lib qolsa uning bozor kapitali qanday bo‘lishini anglatadi.


Bu shunday hisoblanadi;


  • To‘liq suyultirilgan bozor kapitali = barcha kriptovalyutaning miqdori va hozirgi har bitta kriptovalyutaning narxi

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page