top of page

Tether kompaniyasi bosh qarorgohini Salvadorga ko'chirdi

tether

1 daqiqa

14/01/25, 09:49

Foto: Binance feed

Tether stabilecoin emitenti o‘z shtab-kvartirasini Salvadorga ko‘chirayotganini kompaniya direktori Paolo Ardoino e’lon qildi.


Salvador 2021-yilda Bitcoin rasmiy toʻlov vositasi sifatida qabul qilinganidan soʻng, Markaziy Amerika davlatlari orasida kripto markaz sifatida rivojlanmoqda.


Tether kompaniyasi bosh qarorgohi ilgari Britaniyaning Virjiniya orollarida joylashgan edi.


Kompaniya keyingi bir necha yil ichida 100 nafar salvadorliklarni ishga olishni rejalashtirmoqda.


Avvalroq, Tether O'zbekiston kripto regulyatori ILMA bilan anglashuv memorandumi imzolagani haqida xabar bergan edik.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2025 ©
bottom of page