top of page

Terraform Labs (LUNA) rahbari Do Kvon 5,3 milliard dollar jarima to‘lashi mumkin

SEC

25/04/24, 04:25

Foto: Reuters

SEC Nyu-York sudyasidan firibgarlik ishini hal qilish uchun Terraform Labs va Do Kvonga qarshi 5,3 milliard dollar jarima solishni so‘radi.


SEC ta’kidlashicha, bu Terraform va Kvonning firibgarlikda orttirgan daromadini oldida juda  juda "konservativ" jarima deb aytdi.


LUNA va TerraUSD kriptovalyutalarini o‘z ichiga olgan Terra tarmog‘i 2022-yil may oyida uch kun davomida qulab tushgan va investorlar 45 milliard dollardan ortiq pul yo‘qotgan edi.


SEC ushbu 40 millard dollar qulashdagi Terra Luna tarmog‘ini harakatlari uchun ushbu jarimani arzirli bo‘ladi deb hisoblaydi.


Shuningdek, SEC ushbu qilinayotgan  choralar orqali  kelajakdagi kripto-aktivlar sohasida qonunbuzarliklarning oldini olish uchun zarur ekanligini aytdi.


Do Kvon hozirda Terra Labs direktori bo‘lib ishlamayapti.


Kvon Chernogoriyada qolmoqda, u o‘tgan yili Dubayga ketayotganda Kosta-Rikaning qalbaki sayohat hujjatlaridan foydalanishga uringani uchun biroz muddat hibsga olingan va qamoqqa olingan edi.


Bir tomondan Chernogoriya hukumati hozirda AQShnig so‘rovi asosida Do Kvonning vatani bo‘lgan Janubiy Koreyaga ekstraditsiya qilish bo‘yicha so‘rovlarini ko‘rib chiqmoqda.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page