top of page

Telegram kripto hamyonini ishga tushirish tafsilotlarini ochiqladi.

telegram

3 min read

07/11/23, 13:49

Foto: Freepik

Telegramning operatsion direktori Halil Mirahmed kripto hamyonning messenjerga integratsiyalashuvi tafsilotlari bilan o'rtoqlashdi.


Mirahmed 2023-yil noyabr oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan Telegram Wallet qo'shimchasi ustida ish olib borayotganini tasdiqladi.


Pavel Durov bu haqida avvalroq aytgan edi. Uning so'zlariga ko'ra, ton Wallet allaqachon mini hamyon ilovasini ulashda variantlar yorlig'ida paydo bo'lgan.


Yangi funksiya bilan dunyoning ko'plab mamlakatlaridagi telegram foydalanuvchilari hamyonga kirish imkoniga ega bo'ladilar.


Shuningdek kriptovalyutalar bilan operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin.


Telegramda kripto to'lovlaridan birinchi bo'lib Afrika va Lotin Amerikasining ba'zi mamlakatlari aholisi foydalanishi mumkin.


"Funksiya global miqiyosda ishga tushgach, hamyon butun dunyo bo'ylab Telegram sozlamalari menyusida mavjud bo'ladi. Ba'zi yurisdiktsiyalar bundan mustasno",- dedi kompaniyaning operatsion direktori.


Telegram kripto hamyonidan foydalanish oson va tushunarli bo'lishi kutilmoqda:


Birinchidan, moslashish juda oddiy;


Ikkinchidan, kriptovalyutani yuborish uchun telefon raqamini ko'rsatish kifoya;


Masalan ilovada pul yuborishingiz mumkin va buning uchun hamyon manzilini bilishingiz shart emas. Barcha operatsiyalar Telegram ichida amalga oshiriladi.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page