Telegram 2025-yilning ikkinchi yoki uchinchi choragida IPO o‘tkazishni rejalashtirmoqda
#telegram
2 daqiqa
27/01/25, 07:25

Foto: AI
Tayyorlanish jarayonida investorlar 2021-yilda chiqarilgan kompaniya obligatsiyalarini ikkilamchi bozorda sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. IPO vaqtida ushbu obligatsiyalarni aksiyalarga konvertatsiya qilish imkoniyati mavjud.
Konvertatsiya shartlari IPO muddatlariga bog‘liq:
- 2024-yil martiga qadar IPO bo‘lsa — 10% chegirma,
- 2025-yil martiga qadar IPO bo‘lsa — 15% chegirma,
- 2026-yil martiga qadar IPO bo‘lsa — 20% chegirma.
Agar IPO amalga oshirilmasa, obligatsiyalar 2026-yilda to‘liq qaytariladi. Agar bazaviy aktiv sotib olinmasa, investorlarning pullari yillik 3% daromad bilan qaytariladi.
Telegram 2021-yilda birinchi obligatsiyalar joylashtirish orqali $1 milliard va ikkinchi joylashtirish orqali yana $750 million jalb qilgan edi. Kompaniyaning umumiy qarz majburiyatlari $2 milliardni tashkil etadi, shuningdek, kompaniya aksiyalarining 100% hali ham Pavel Durovga tegishli.