Tailand hukumatining kripto-aktivlarga nisbatan yondashuvi maqtovga sazovor deb aytildi
#tahlil
23/05/24, 11:30
Foto: bunyaminince
Bittrex Global bosh direktori Oliver Linch cryptonews saytiga bergan intervyusida Tailandning kriptovalyuta sanoatini tartibga solish yo‘nalishini muhokama qildi
Tailandning Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasi (SEC) firibgarlik va pul yuvish bilan bog‘liq muammolarni keltirib, litsenziyasiz kripto faoliyatini cheklash uchun o‘zining me’yoriy bazasini kuchaytirishini e’lon qildi.
Tailandning Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasi (SEC) o‘tgan oyda litsenziyasiz kripto birjalariga kirishni taqiqlagan edi.
Bundan tashqari, Tailandda Bitcoin ETFlari ham taqiqlangan bo‘lib, faqatgina litsenziyaga ega kripto-birjalarda kripto-operatsiyalarni amalga oshirish mumkin.
Bittrex Global bosh direktori Oliver Linch Tailand qimmatli qog‘ozlar birja komissiyasining litsenziyasiz kripto platformalariga qarshi so‘nggi harakatlari kriptovalyuta savdosi uchun tartibga solinadigan muhitni ta’minlash orqali investor ishonchini va bozor barqarorligini mustahkamlashga qaratilganligini ta’kidlab, bo‘layotgan islohotlarni qo‘llab quvvatlashini aytib o‘tdi.