top of page

Standard Chartered hisoboti: SEC Ethereum ETF’larini qabul qiladi

#ethereum

31/01/24, 06:50

Foto: europeanbusinessreview

Londonda joylashgan mashhur xalqaro bank va moliyaviy xizmatlar kompaniyasi Standard Chartered, SEC Bitcoin kabi Ethereum ETF’larini tasdiqlashi haqida hisobot e’lon qildi.


Hisobot bankning raqamli aktivlarni o‘rganish bo‘limi tomonidan yozilgan.


Bankning bo‘lim boshlig‘i Jefri Kendrik imzosi bilan e’lon qilingan hisobotda 23-mayga qadar ko‘rib chiqilayotgan so‘rovlarning qabul qilinishi ehtimoli yuqori ekanligi aytib o‘tilgan.


Hisobotda, Jefri Kendrik: "Biz 23-may kuni AQShda Ether ETF’larining ma’qullanishini kutmoqdamiz. 10-yanvarda Bitcoin ETF’lari ommaviy ravishda qabul qilinganidek, Eter ETF’lari ham xuddi shunday qabul qilinadi. Agar Ethereum Bitcoin yo‘lidan borsa, ETH narxi 4000 dollarga yetishi mumkin" deb ta’kidlagan.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page