top of page

Standard Chartered global banki Gonkongda bitkoin va kriptovalyutalarini saqlash xizmatlarini ishga tushiradi

Standart chartered

2 min read

31/10/23, 09:27

Standard Chartered bankiga qarashli Zodia kriptoplatformasi Gonkongda kriptovalyutaga ortayotgan talab sababli o'z xizmatlarni yo'lga qo'ymoqda.


Zodia rahbari Soyer vaziyatni quyidagicha izohladi.


Gonkongda kriptovalyutaga bo'lgan talab asosan chakana mijozlar emas, balki institutsional investorlar tomonidan boshqariladi. Bu Zodianing kriptovalyutani saqlash taklifiga mos. Shuningdek, Gonkongning kriptovalyutalarga bo'lgan munosabati Zodianing ambitsiyalariga hamohang. Chunki mahalliy hukumat "raqamli aktivlarni kelajak sifatida ko'radi va Gonkongning bu borada markazga aylanishini xohlaydi".

Zodianing Gonkongda ishga tushirilishi kompaniyaning Osiyodagi faoliyati jadal kengayishi fonida yuz bermoqda.


Kompaniya so'nggi oylarda Yaponiya, Singapur va Avstraliyada xizmatlarni ishga tushirdi.


"Biz ushbu to'rtta bozorning barchasida mijozlarimizni ko'ryapmiz", - dedi Zodia bosh direktori."


Shuningdek, bizda ushbu to'rtta yurisdiksiyadan tashqari institutsional tomonda ishtirok etishni istagan ko'plab istiqbollarni mijozlar bor."


Dastlab, Zodia cheklangan miqdordagi kriptovalyuta aktivlarini qo'llab-quvvatlaydi.


Kompaniya Gonkong qimmatli qog'ozlar va fyuchers komissiyasi hamda Gonkong valyuta ma'muriyati bilan moliyaviy nazorat to'g'risida muzokaralar olib bormoqda.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page