top of page

Spot Ethereum ETF’larining tasdiqlashi borasidagi ehtimol necha foizga teng?

#ethereum

27/01/24, 12:22

Foto: koinbulteni

AQSh Qimmatli qog‘ozlar va birja komissiyasi (SEC) bu hafta BlackRock va Grayscale kompaniyalari tomonidan Ethereum ETF uchun topshirilgan arizalarni kechiktirdi.


Bloomberg Intelligence tahlilchisi Jeyms Seyffartning so‘zlariga ko‘ra, SEC Ethereum ETF’larini tasdiqlash ehtimoli 60 foizga teng. Seyffartning ta’kidlashicha, Ethereum ETFlari 23-may kunigacha tasdiqlanishi lozim.


Chunki 23-may, SEC'ning "Ark/21Shares" va "VanEck" tomonidan berilgan arizalar bo‘yicha qaror qabul qilish uchun ajratilgan muddatining eng oxirgi kun hisoblanadi.

 

Seyffartning fikricha, agar Ethereum ETFlari ushbu kungacha tasdiqlanmasa, jarayon 22025-yilgachacho‘zilishi mumkin.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page