top of page

SpaceX oy missiyasi uchun Dogecoin tokenida to‘lov qabul qildi

Dogecoin

07/02/24, 05:01

Foto: Cointelegraph

Geometric Energy Corporation (GEC) bosh direktori Samuel Ridning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya yangi oy missiyasi uchun to‘lanishi kerak bo‘lgan mablag‘ni SpaceX’ga Dogecoin'da to‘lagan.


Bu oy missiyasi dastlab 2022-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan edi. Biroq Falcon 9 raketasi o‘z vaqtida tayyor bo‘lmaganligi sababli missiya kechiktirilgan.


Elon Mask missiyaning ichida koinotdagi birinchi kriptovalyuta sifatida Dogecoin bo‘lishi kerakligi aytib o‘tgan edi.


Ma’lumot uchun, Dogecoin narxi ko‘pincha Maskning bayonotlaridan keyin jiddiy shaklda yuksalgan. Musk Dogecoin’ning eng katta tarafdorlaridan biri bo‘lib, uning ko‘pgina kompaniyalari mashhur memecoinni to‘lov sifatida qabul qilib kelmoqda. Masalan, Tesla mahsulotlarini sotib olish uchun Dogecoin’dan foydalanishlari mumkin.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page