top of page

Solana nima?

Kriptopediya

2 min read

19/10/23, 07:19

Foto: avengernews

Markazlashtirilmagan ilovalar va kriptovalyutalar uchun mo'ljallangan yuqori samarali blokcheyn platformasi. Solana platformasi xavfsizlikni buzmasdan tezkor tranzaktsiyalarni qayta ishlash va kengaytirishni ta'minlashga qaratilgan.


Miqyoslilik blokcheynlarning asosiy muammolaridan biridir. Ularning aksariyati soniyasiga 15 ta tranzaksiya chegarasidan o'ta olmaydi.


Boshqacha qilib aytganda, ushbu cheklovlar blokcheynlarni dastlab o'ylab topilganidek, haqiqatan ham global to'lov tizimiga aylanishiga to'sqinlik qiladi.


2020-yilda Solana ishga tushirilganda, sekundiga 65 000 tagacha tranzaktsiyalarni amalga oshirishi mumkin edi, bu esa Proof-of-History algoritmi an'anaviy blokcheyn konsensus algoritmlari bilan solishtirganda juda tez ekanligini ko`rsatdi.


Solana, shuningdek, o`rtacha 0,00025 dollarlik komissiya bilan ancha arzon operatsiyalarni amalga oshirishni taklif qiladi.


Operatsiyalarni amalga oshirish uchun Solana o'zining kripto valyutasiga ega. Solana kripto tokeni (SOL) staking uchun ishlatiladi va tugunning validator bo'lishga imkon beradi.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page