Solana (SOL) faol foydalanuvchilar soni o‘sishi bo‘yicha Bitcoin’ni ortda qoldirdi
Solona
29/01/24, 08:27

Foto:blockchainlife
Proof-of-stake ko‘rsatkichidagi statistikaga ko‘ra Solana (SOL) kriptovalyutasida kunlik faol foydalanuvchilar soni shiddatli ravishda o‘sib bormoqda, hatto Bitcoin (BTC) dan o‘zib ketdi.
Bu shuni ko‘rsatadiki, Solana tarmog‘i mashhurlik va tarmog‘ida ishga tushirilayotgan loyihalar soni ko‘paymoqda.
Artemis’ning tahliliy ma’lumotlariga ko‘ra, Solana’ning kunlik faol foydalanuvchilari soni 26-yanvarda 1 milliondan o'tib, Bitcoin’ning 597 000 kunlik faol foydalanuvchilari sonidan oshdi.
Shu bilan birgalikda Solana tarmog‘ida amalga oshirilgan kunlik tranzaksiyalar soni 27 millionga yaqinlashdi.
DeFiLlama ma’lumotlariga ko‘ra, Solana tarmog‘ining DEX hajmi ham so‘nggi uch oy ichida sezilarli darajada ko'paydi va yanvar oyida 18,8 milliard dollarlik tranzaksiya hajmiga ulashdi.