top of page

Sem Benkmen-Friedning advokatlari suddan yengilroq jazo berishni so‘ramoqda

FTX

28/02/24, 12:58

Foto: inrrub.com

FTX asoschisi Sem Bankmen-Fridning advokatlari uning xayriya ishlari faol bo‘lganligi va yosh ekanligini hisobga olib, suddan  yengilroq jazo  berishini  so‘rashdi. Bu haqida cryptonews nashri xabar beradi.


Bankmen-Frid bir nechta jinoyatlar, jumladan, FTX mijozlarini 8 milliard dollar miqdorida aktivlarini yuvishda aybdor deb topildi.


Sem Bankmen-Fried advokatlari seshanba kuni berilgan hukmda Bankmen-Fridning jinoiy tarixi yo‘qligi, uning yoshligi (31 yosh) va FTX qulashi natijasida etkazilgan zararni qoplash majburiyatini bildirganligi sababli yengillik berishni iltimos qilishdi.


Sem Bankmen-Fried advokati  FTX ishiga raislik qilayotgan sudya Lyuis Kaplanga shunday murojaat qildi;


Bir necha omillar, jumladan,Sem Bankmen-Friedning xayriya ishlari va boshqalarga bo‘lgan sodiqligi hisobga olinsa, uningni jamiyatdagi samarali roliga tezda qaytaradigan hukm maqsadga muvofiq bo‘lish uchun yetarli bo‘lardi.


Advokatlarning ushbu arizasiga sudya Lyuis Kaplandan quyidagicha javob berdi;


Adolatli hukmga erishish uchun  63-78 oylik jazo beradigan, qo‘zg‘atilgan 56 ta  huquqbuzarlikning xavflilik darajasini  ko‘rib chiqish kerak.


Avvalroq AQShning Probatsiya va sudgacha bo‘lgan xizmatlar tizimi (PSR) FTX firibgarligi uchun 100 yillik ozodlikdan mahrum qilish jazosini tavsiya qilgan edi. Bankmen-Fridning himoyachilari PSR ning tavsiyasini qattiq tanqid qilib, bu jazoni "varvarlik" deb atashdi. Ularning ta’kidlashicha, bunday o‘ta og‘ir jazolar zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyatlar uchun qo‘llaniladi, Bankmen-Fridning ishi bunday jinoyat emas deb javob berishdi.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page