Sem Bankmen-Fridning jinoiy hukmi yaqinlashar ekan, yangi ochilgan holatlar sabab u yengilroq jazo olishi mumkin
FTX
27/03/24, 11:41
Foto: Crypto News
FTX bilan bog‘liq sud ishlari qizg‘in tus olmoqda. Soqib FTX birjasi direktori Sem "SBF" Bankmen-Fridning advokatlari, suddan sobiq bosh direktoriga yumshoq munosabatda bo‘lishga chaqirishdi. Advokatlar 26-mart kuni AQShning Nyu-York janubiy okrugi okrug sudiga yuborilgan maktublarida sudya Lyuis Kaplanni SBFga nisbatan engil jazo tayinlashga chaqirdi.
Advokatlar maktubda sud e’tibor qaratishi shar bo‘lgan ba’zi holatlarni aytib o‘tishdi. Jumladan, SBFning o‘tmishda autizm kasalligi bilan kasallangani, doimiy vegetian hayot tarziga targ‘ib qilayotganligi keltirib o‘tishdi.
2012-yildan 2014-yilgacha SBF bilan yashagan doktor Adam Xesterberg uni yoshligida autizm kasalligi bilan kasallanganini tasdiqladi.
Sem Bankmen-Frid hozirda o‘zgarganligi, boshqalarni hayvonlarga ozor bermasdan vegetarian hayot tarziga o‘tish kerakligi haqida chiqaruvlari, shuningdek, jazo o‘tab bo‘lgan uyini yarimini vegetarian hayot tarzini qo‘llab quvvatlovchi muassasaga aylantirishi haqidagi va’dalari sudyalarni e’tiborini tortgan.
Sobiq FTX bosh direktori hozirda butunlay o‘zgarganligi, FTX birjasi yopilishi natijasida minglab investorlarning yo‘qotilgan pullarini keyinchalik bo‘lib-bo‘lib qaytarib berilishini va’da qilayotganligi kabi advokatlarning argumentlari sudda ahamiyatli bo‘lishi mumkin.
Prokurorlar Bankmen-Fridni FTX va Alameda Research-da mablag‘larni noqonuniy ishlatishdagi roli uchun 40 dan 50 yilgacha muddatga jazolash kerakligini aytdi.
SBF advokatlari yuqorida aytib o‘tilgan holatlarni hisobga olish kerakligini aytib, unga 6,5 yil qamoq jazosi adolatli bo‘lishini aytishdi.