SEC komissari o‘z agentligining kriptovalyutalarga bo‘lgan yondashuvini tanqid qildi
SEC
05/03/24, 07:28
Foto: altcoinbuzz
AQSh Qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha komissari Xester Peirse yaqinda ETH Denver ko‘rgazmasida o‘z agentligining kriptovalyutalarga bo‘lgan yondashuvini tanqid qildi. Bu haqida cryptonews nashri xabar qiladi.
Xester Peirse 2018-yildan beri AQSh qimmatli qog‘ozlar birja komissiyasida komissarlardan biri hisoblanadi. U SEC ning "majburiy tartibga solish" tendensiyasidan noroziligini bildirdi va SEC tomonidan spot Bitcoin birja fondlari (ETF) uchun sekin tasdiqlaganligini tanqid qildi.
Xester Peirse o‘z agenligi - SEC ni kripto yondashuvini g‘alati ekanligini aytib o‘tdi. U kriptovalyuta sanoatidagi asosiy to‘siqlardan biri bu SECning oldindan aniq tartibga solish ko‘rsatmalarini o‘rnatish o‘rniga majburlash harakatlariga tayanayotganligini qo‘shimcha qildi.
Uning fikricha, AQSHda kriptovalyutalarni tartibga solishda hali to‘liq qonun qoidalar ishlab chiqilmagan. SEC esa hali to‘liq tartibga solinmagan sohada SEC ning markazlashgan birjalarni turli ayblovlar bilan sudlashish bilan band.
Peirse SEC raisi Gari Gensler kriptovalyutalar bo‘yicha o‘z pozitsiyasini o‘zgartirishi kerakligi va bu sohani tartibga solish mumkin bo‘lgan takliflarni ishlab chiqish uchun kripto ixlosmandlari va siyosatchilar o‘rtasida hamkorlik qilishga chaqirdi.
Peirse Ethereum spot ETFs uchun kutilayotgan arizalar haqida izoh berishdan bosh tortdi va ular hozirda SEC da ko‘rib chiqilayotganligini aytdi.