top of page

Satoshi Nakamoto qaytib keldimi? 1 million dollardan ortiq qiymatdagi bitcoin Satoshi hamyoniga o'tkazildi.

#bitcoin

06/01/24, 07:10

Foto:Coingape

Bitcoin paydo bo'lishining 15 yilligidan bir necha kun o'tib,


6-yanvar sanasida satoshi hamyoniga 1 million dollardan ortiq qiymatdagi 27 ta bitcoinni o'tkazildi.


Satoshi Nakamoto, taxallus ostidagi bitcoinning anonim ixtirochisi yoki ixtirochilar guruhi


kripto jamiyati bitcoin genesis bloki qazib olinganining 15 yilligini nishonlaganidan bir necha kun o'tgach, qaytgan ko'rinadi, deb yozmoqda coingape.


Anonim foydalanuvchi binance kripto birjasida 27 BTC sotib olgan va ularni 6-yanvar kuni


Satoshi Nakamoto 1a1zp1ep5qgefi2dmptftl5slmv7divfna hamyon manziliga yuborgan.


Bu yangilik kripto hamjamiyatida yashin tezligida tarqaldi va ko'pchilik buni Bitcoin otasi Satoshi Nakamotoning qaytishiga ishora sifatida qabul qildi.


Odamlar orasida, kimdiri bitcoinning joriy etilishi va o'sishiga e'tiborni tortish uchun 1 000 000 dollardan ortiq qiymatdagi 27 BTCni


Satoshi hamyoniga shunchaki o'tkazgan degan taxminlar ham yo'q emas.


Ushbu tranzaksiya spot Bitcoin ETF emitentlari tomonidan ETF arizalarini tuzatish va yangilashlari bilan bir vaqtga to'g'ri keldi.


Bu kelgusi hafta AQSh regulyatori SEC spot Bitcoin ETFni tasdiqlashi mumkinligini ko'rsatadi.


Eslatib o'tamiz, BlackRock, Grayscale, Fidelity, Ark 21shares, Bitwise, VanEck, Valkyrie, Invesco Galaxy, Hashdex, WisdomTree va Franklin Templeton kabi yirik fondlar spot Bitcoin ETF uchun ariza topshirgan.


ETF katta tahlilchisi Erik Balchunasga ko'ra, SEC yakuniy qarorni dushanba kuni taqdim etishi va 11-yanvar sanasida Bitcoin ETFlarini tasdiqlashi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page