top of page

Sabrli investor 8600 dollarlik sarmoyasini million dollarga aylantirdi

Kripto-aktiv

07/05/24, 10:57

Foto: inrrub.com

Lookonchain platformasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, kripto-aktiv investori sabr-toqati tufayli million dollardan ko‘proq daromad olgan.


Ushbu investor Solana (SOL) tizimi asosidagi yaratilgan HAMMY mem tokeni ishga tushirilishining dastlabki kunlarida sarmoya kiritdi va 8600 dollarga 24,8 million dona HAMMY sotib oldi.


Taxminan bir oy o‘tgach, narx 0,007 dollargacha ko‘tarildi va sarmoyasi 20 barobar oshdi, ammo bu investor o‘z oldiga yuqori maqsad qo‘yganligi sababli sotmagan.


Narxning yana ham ko‘tarilishi davom etishi bilan sotishni boshlagan investor 4-mayga qadar o‘rtacha 0,0313 dollardan 12,8 million dona HAMMYni 401 ming dollarga sotdi. Ayni vaqtda uning qo‘lida 12 million dona HAMMY qolgan.


Investor hozirgi kunda jami 1,25 million dollar foyda ko‘rgani aytilmoqda.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page