top of page

Sabrli investor 3 yil kutgandan keyin 13 million dollar foyda oldi!

NFT

21/02/24, 06:35

OldSchoolCollection nomi bilan tanilgan NFT investori 3 yil avval Autoglyphs kolleksiyasidan 1,4 million dollarga sotib olgan 10 ta NFTni sotish orqali 13 million dollar foyda ko‘rdi.


2021-yil fevral oyida sotib olgan ushbu 10 ta NFTni xususiy kolleksionerga 14,5 million dollarga sotishga muvaffaq bo‘lgan investor, ayniqsa o‘tgan yili jiddiy yo‘qotishlarga uchragan NFT sanoatiga umid baxsh etgan.


OpenSea ma’lumotlariga ko‘ra, OldSchoolCollection hali ham mingdan ortiq NFTga ega. Investorning eng qimmatli NFTlari orasida CryptoPunks va Meebits to‘plami bor. Boshqa tomondan, u hali sotilmagan 2 ta Autoglyphs NFT’ni hamyonida saqlamoqda.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page