top of page

Ripple yangi huquqiy da’voga duch kelishi mumkin

Ripple

27/02/24, 13:36

Foto:mavink.com

Ripple (XRP) yangi huquqiy da’voga duch kelishi kutilmoqda. Twitter’da tarqalgan hujjatlarga ko‘ra davo Ripple’ning XRP savdosi bilan bog‘liqligini ko‘rsatmoqda.


Fox Business jurnalisti Eleanor Terretning ta’kidlashicha, davo 2018-yilning may oyidan boshlangan Ripple va Zakinov o‘rtasidagi sud ishining davomi bo‘lishi mumkin.


Susman Godfrey LLP advokatlik firmasi, davom etayotgan ishda Ripple kompaniyasini himoya qilish uchun RippleClassAction.com deb nomlangan veb-saytni ishga tushirdi. Ushbu sayt 2017-yil 3-iyuldan boshlab 2023-yil 30-iyungacha XRP sotib olgan va zarar ko‘rgan investorlarning ro'yxatini e’lon qilishga ixtisoslashgan.


Sud hujjatlariga ko‘ra, Ripple federal va shtat qimmatli qog‘ozlar qonunlarini buzgan holda XRP ni ro‘yxatdan o‘tmasdan sotgan. Mahkama 2024-yilning oktyabr oyida boshlanishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page