Ripple bosh direktori XRP ETF haqida izoh berdi
XRP
21/02/24, 09:12
Foto: Reuters
Bloomberg nashriga bergan intervyusida Ripple bosh direktori Bred Garlingxaus XRP ETF mish-mishlariga izoh berdi va kriptovalyutalarni tartibga solish holati haqida o‘z fikrlari orqali o‘rtoqlashdi.
Bred Garlingxaus Qimmatli qog‘ozlar birjasi (SEC) bo‘lgan sud jarayonlari kriptoaktivlar sanoatida sezilarli o‘zgarish keltirishini ta’kidlab, ushbu sohada aniqroq qonun-qoidalar bo‘lishi zarurligini aytib o‘tdi.
XRP ETF uchun potentsial
Bred Garlingxaus XRP ETF (Exchange Trade Fund) tasdiqlanishi haqida optimistik ekanligini ta’kidlab,
"Menimcha, boshqa ETFlar ham bo‘lishi mantiqan ", deya qo‘shimcha qilib o‘tdi.
Muayyan tortishuvlar bo‘lishiga qaramay, Garlingxaus Ripple kompaniyasining XRP ETF-ni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Intervyu davomida Garlingxaus Ripplening SEC bilan qarama-qarshiliklar bor ekanligini ta’kidladi.
Garchi sudlar Ripple foydasiga qaror chiqarib, XRP qimmatli qog‘oz emasligini aniqlagan bo‘lsa ham, Qimmatli qog‘ozlar birja komissiyasi (SEC) hali kriptoaktivlar sanoati uchun aniq qonun-qoidalar yoki ko‘rsatmalar tashkil qilmasdan turib, kriptoaktivlarni tartibga solishga yondashayotganini aytib o‘tdi.