Ripple (XRP) yana bir bank bilan ishlashni boshladi
Ripple
20/02/24, 12:26

Foto: Crypto News
Ripple blokcheyn kompaniyasi Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika (MENA) mintaqasidagi faoliyatini davom ettirmoqda.
Egypt Fintech huquq firmasi tomonidan taqdim etilgan hisobotga ko‘ra, Ripple Misrdagi Commercial International Bank (CIB) bilan hamkorlik qilish bo‘yicha shartnoma imzoladi.
Hisobotdagi ma’lumotlarga ko‘ra, CIB blokcheyn texnologiyasidan foydalanish va shu tariqa transchegaraviy to‘lovlarni yanada samarali qilish uchun Ripple bilan ishlamoqda.
Avvalroq Misrning eng yirik banki bo‘lgan Misr Milliy banki (NBE) transchegaraviy to‘lovlarni yaxshilash uchun Ripple’ning RipplePayments (ilgari RippleNet deb nomlanuvchi) texnologiyasidan foydalanayotgan edi.
Ripple kompaniyasining Ripple Payments texnologiyasi banklarga xalqaro tranzaktsiyalarni blokcheyn orqali tezroq va arzonroq amalga oshirish imkonini beradi.