top of page

Ripple (XRP) kompaniyasi SEC so‘ragan 2 millard dollar jarimani to‘lashdan bosh tortdi

Ripple

23/04/24, 09:25

Foto: altcoinbuzz

Ripple kompaniyasi sudga ariza berib, murojaatda SEC tomonidan so‘ralgan 2 milliard dollarlik jarima ishning haqiqiy holatlariga mos kelmasligi ta’kidladi.


‘’Ripple’’ Kompaniyasi bosh advokati  Styuart Alderoti aytishicha: “XRP ning firibgarlik uchun foydalanilganligi haqida hech qanday  dalillar mavjud emas, SEC to‘latmoqchi bo‘lgan jarimasi  AQShda  barcha kripto-aktivlar bilan bog‘liq kompaniyalarni  qo‘rqitishni yo‘li xolos”, deydi.


Shunday bo‘lsa ham ‘’Ripple’’ sudga bergan arizasida 2 milliard dollar jarima emas balki  10 million dollar miqdoridagi jarimani  to‘l;ashga tayyorligini aytib o‘tdi. Ripple bu summa ancha adolatliroq bo‘ladi deb hisoblaydi.


SEC Binance xususan CZ uchun 4.3 milliard dollarlik jarima to‘lattirganidan so‘ng, boshqa kompaniyalarga ish qo‘zg‘atib kriptovalyutalarga bog‘liq kompaniyalarni iloji boricha tartibga solishga harakat qilmoqda.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page