Qozog'istonda raqamli tenge to'lov kartasi chiqarildi
Qozog'iston
2 min read
15/11/23, 11:25

Qozog'iston Xalq banki va Visa raqamli tengega asoslangan to'lov kartasini chiqardi, deb xabar berdi tengrinews.
Karta bilan birinchi operatsiya moliyachilarning XI Kongressi doirasida amalga oshirildi.
Karta bilan Visa tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan har qanday savdo nuqtasida to'lovni amalga oshirish mumkin, u xalqaro to'lov tizimlariga ham mos keladi.
Raqamli tengeni to'liq miqyosda joriy etish 2025-yil oxiriga rejalashtirilgan.
Eslatib o'tamiz, raqamli tenge platformasi sinovlarining ikkinchi bosqichi 2022-yil dekabr oyida yakunlandi. Unda Real iste'molchilar va savdo-servis korxonalari ishtirok etdi.
2022-yil oktyabr holatiga ko'ra, maxsus ilova orqali 3500 dan ortiq token operatsiyalarini amalga oshirish mumkin bo'ldi.
2023-yil sentyabr oyida Qozog'iston Milliy banki raqamli tenge loyihasini amalga oshirishni milliy to'lov korporatsiyasiga topshirgan edi.