top of page

Qanday qilib tekinga kriptovalyuta olish mumkin?

#Airdrop

2 min read

06/12/23, 13:29

Airdrop-bu ma’lum bir shartlar evaziga kriptovalyutani bepul tarqatish.


Asosli savol tug’iladi, nima uchun qiymatga ega kriptovalyuta tekinga tarqatiladi?


Bunday airdroplarning maqsadi odatda yangi kripto valyutasi yoki koyihani targ'ib qilish, uning ommabopligini oshirish, ko'proq odamlarni jalb qilishi va foydalanuvchi bazasini ko’paytirish bo'ladi.


Airdrop qanday ishlaydi?


Masalan, aytaylik, sizda Ethereum tangalari bor to'satdan kripto hamyoningizda yangi tangalar paydo bo'ldi. Buning sababi, Airdropni amalga oshirayotgan loyiha ma'lum bir vaqtda barcha faol Ethereum manzillariga o'z aktivlarini avtomatik ravishda tarqatgan bo'ladi.


Siz tangalarni kripto hamyoningizda saqlashingiz, ularni turli tarmoqlar o'rtasida o'tkazishingiz, yangi ilovalardan foydalanishingiz mumkin bo'ladi.


Eslatib o'tamiz tarqatilgan tokenlar uchun foydalanuvchidan pul talab qilinmaydi.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page