top of page

Qanday qilib o’zingizning kripto tokeningizni yaratsangiz bo’ladi?

#maxsus_rukn

27/05/24, 06:10

Foto: inrrub.com

Tokenlarni yaratishni turli blockchainlarda amalga oshirish mumkin bo‘lsa-da bugun siz bilan Solana blockchainida o‘zingizni kripto-tokeingizni yaratishni ko‘rib chiqamiz. Sababi, Solana blockchaini nisbatan tez, qulay va tranzaksiya to‘lovlari Ethireumga nisbatan arzonroq hisoblanadi.

 

Kripto-token yaratish uchun bizga coinfactory sayti kerak bo‘ladi. U orqali biz o‘zimizning tokenimini chiqara olamiz.

Birinchi navbatda, Coinfactory ilovasi yoki sayti orqali ‘’Create token’’ bo‘limini tanlaymiz. Ushbu bo‘lim sizga token  haqida ma’lumotlar taqdim qilishingizga imkon beradi. Shuningdek, tranzaksiya to‘lovlarini to‘lash cuhun Solana blokchaini qo‘llab-quvvatlaydigan Solfare yoki Phantom kabi hamyonlarni ulashni unutmang.


Ushbu bo‘lim orqali siz chiqarmoqchi bo‘layotgan tokeningiz haqida ma’lumotlar to‘ldirasiz.


Zarb qilinayotgan token nomi (misol uchun Blockchain Texno) va uni qisqartma nomi (Misol uchun BT), mavjud bo‘lgan tokenning maksimal miqdori, token rasmi kabi ma’lumotlarni kiritishingiz mumkin.


Shuningdek, ushbu token haqida qo‘shimcha ma’lumotlar belgilashingiz mumkin.


Misol uchun token kelajakda qo‘shimcha zabt etilishi mumkinmi yoki qat’iy belgilangan miqdor bo‘ladi?


Token yaratishdan uchun ilovaga ulab qo‘yilgan hamyon orqali  0.1 Sol miqdorida tranzaksiya to‘lovini to‘lashingiz kerak bo‘ladi. Hammasi tayyor.


Sizga berilgan adressni Solscan sayti orqali ham tekshirsangiz bo’ladi.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page