top of page

Qanday koinlar dollarning global kuchini oshirishi mumkinligi ma’lum qilindi

Stabilkoin

18/02/24, 08:20

Foto:Coingape

Kriptovalyutalar, ayniqsa hukumatlar tomonidan nazorat ostidan bo‘ladigan AQSH markaziy bankning raqamli valyutalari (CBDC) kabi stabilkoinlar garchi dollarning o‘rnini egallashi mumkinligi haqida xavotirlar bo‘lsa ham Fed gubernatori dollarga bog‘liq bo‘lgan stabilkoinlardan foydalanish AQSH dollarining mustahkamligini kuchaytirishi mumkinligini haqida Coindesk nashri xabar qiladi.


Kriptotanqidchilar ko‘pincha raqamli valyutalarning AQSh dollarini beqarorlashtirish potensialidan ogohlantiradilar, ammo Federal rezerv gubernatori Kristofer Uollerning ta’kidlashicha, stabilkoinlarning dollarga bog‘liqligi markazlashmagan moliya (DeFi) kuchayib borayotgani sababli, aslida AQSH fiat valyutasini kuchaytirishi deb hisoblaydi.


Fed gubernatori Kristofer Uoller, markaziy bank boshqaruvidagi ishtirok etadigan shaxslardan biri bo‘lib, kripto sanoatining dollarga ta’siri hozircha xavfsiz bo‘lib, raqamli valyutalar AQSH dollari barqarorligiga xizmat qilishini aytdi.


Stabilkoinlar aksari dollarga bog‘lanib yaratilar ekan, bu tokenlarning 99 foizi hozirda AQSh valyutasining global kuchini oshirmoqda.


DeFi (Decentralized Finance) - markazlashmagan moliya. Ushbu raqamlashgan moliyadagi har qanday tranzaksiyalar stabilekoinlar orqali amalga oshirilishiga to‘g‘ri keladi. Aksar stabilkoinlar AQSH dollariga bog‘langan ekan, Defi rivojlangan sari AQSH fiat valyutasining qudrati oshib boraveradi.


Tether (USDT)  va Circle (USDC)  krito-aktivlar bozorida ustunlik qiluvchi stablekoinlar hisoblanib, markazlashmagan moliyada (DeFi) asosiy raqamli aktiv bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda. Ba’zi tahlilchilar aytishicha, ushbu raqamli aktivlar kelgusi yillarda potensial ravishda trillionlab dollarni bozorga kirishiga sabab bo‘lishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page