Proof-of-Stake (PoS): mayning o‘rniga kelgan algoritm qanday ishlaydi?
Kriptopediya
5 daqiqa
15/09/25, 15:30

Foto: AI
Hech o'ylab ko'rganmisiz, nega Bitcoin ayrim davlatlarda ko‘proq elektr toki ishlatadi-yu, boshqalarda esa aksincha? Hammasiga sabab Proof-of-Work (PoW) algoritmida xavfsizlik hisoblash quvvatidir. Proof-of-Stake (PoS) esa boshqa yo‘lni tanlaydi: bu yerda muhim narsa — kompyuter emas, balki qo‘ldagi kriptovalyuta miqdori.
Proof-of-Stake nima?
Proof-of-Stake so‘zma-so‘z “ulush isboti” degan ma’noni anglatadi. Bu tizimda katta fermalar yoki maxsus qurilmalar kerak emas. Muhimi qancha tokeningizni tarmoqda muzlatganingiz.
Qancha ko‘p token steykingda tursa, blok yaratish va mukofot olish imkoniyati shuncha yuqori bo‘ladi.
PoS qanday ishlaydi?
Steyking — ishtirokchi o‘z tokenlarini bloklab qo‘yadi.
Validator tanlovi — algoritm tasodifiy tarzda keyingi blokni kim yaratishini belgilaydi.
Mukofot — validator tranzaksiyalar komissiyasini yoki yangi tokenlarni oladi.
Asosiy tamoyil: xavfsizlik uskunaga emas, balki foydalanuvchining o‘z tokenlarini yo‘qotmaslik manfaatiga tayanadi. Agar validator aldasa, tokenlari kuyib ketishi mumkin.
PoS afzalliklari
Energiya tejamkor.
Oddiy foydalanuvchilar uchun ham ochiq.
Ko‘proq tranzaksiyalarni qayta ishlay oladi.
Amaliy misol
Ethereum 2022-yilda PoS tizimiga o‘tdi va energiya sarfini 99,9% ga kamaytirdi. Bugun Cardano, Solana, Polkadot va boshqa ko‘plab loyihalar ham PoS asosida ishlaydi.
Xulosa
Proof-of-Stake blokcheynlarni yanada ekologik va qulay qildi. Kelajakda ko‘plab kripto-aktivlar uchun asosiy standart bo‘lishi ehtimoldan yiroq emas.