top of page

Polygon foydalanuvchilari soni bo‘yicha Ethereum’ga yaqinlashdi

#tahlil

26/01/24, 12:27

robots

Blockchain ma’lumotlarini tahlil qilib boruvchi firma hisoblangan Flipside tomonidan olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra, Polygon tarmog‘i 2023-yilda foydalanuvchilar soni bo‘yicha Ethereum’ga juda yaqinlashib, 15,24 million foydalanuvchiga yetdi va Ethereum’ning 15,4 millionlik foydalanuvchilar soniga yaqinlashib qoldi.


Flipside e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, foydalanuvchilar sonini aniqlash uchun quyidagi usuldan foydalanilgan; foydalanuvchi kamida ikkita tranzaksiyani amalga oshirgan bo‘lishi kerak, ulardan biri 2023-yilda sodir bo‘lgan bo‘lishi lozim.


O‘tgan yilning birinchi yarmida Polygon yetakchi bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi yarmida Ethereum foydalanuvchilari soni ko‘proq bo‘lgan.


Tadqiqotda Bitcoin 10,65 million foydalanuvchi bilan uchinchi o‘rinni egalladi, Solana va Arbitrum kabi boshqa blokcheynlar kuchli beshlikdan joy oldi.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page