PancakeSwap nima?
Kriptopediya
3 min read
13/10/23, 05:36
Foto: Freepik
Bu BEP-20 standart tokenlaridan foydalangan holda ayirboshlashni amalga oshirish uchun Binance Smart Chain asosida qurilgan platforma. Sayt o'zining CAKE tokeniga ega.
Ammo bu ethereumdan farqli o'laroq, tezroq tranzaktsiyalar va nisbatan past komissiya to`lovlarini taklif etadi.
Platforma savdo operatsiyalariga xizmat ko'rsatish uchun avtomatlashtirilgan market-meyker modelidan foydalanadi. Bu PancakeSwapda odatiy buyurtma kitobi yo'qligini anglatadi.
PancakeSwap qachon yaratilgan?
Platforma 2020-yil 20-sentabrda Binance koʻmagida anonim ishlab chiquvchilar tomonidan ishga tushirilgan.
2021-yil fevral oyida PancakeSwap savdo hajmi boʻyicha eng yirik DeFi birjalaridan biriga aylandi.
PancakeSwapdan qanday foydalaniladi?
Birjada ishlashni boshlash uchun siz Web3 hamyonini ulashingiz kerak. Buning uchun foydalanuvchi saytning rasmiy veb-sahifasigaga o'tishi va "Ulanish" belgisini bosishi kerak.
Hamyonni tanlashingiz kerak bo'lgan oyna ochiladi. Mavjud variantlar: MetaMask, TrustWallet, MathWallet, TokenPocket, WalletConnect, Binance Chain Wallet, SafePal Wallet va Coin98 Wallet.
PancakeSwapning o`ziga xosligi
Birjada tokenlarni sotib olish va sotish uchun sizga BNB kerak. Ularni to'g'ridan-to'g'ri PancakeSwap yoki Binanceda sotib olish va keyin hamyonga o'tkazish mumkin.
Bu esa savdo birja ko'rinishidagi bo'limida amalga oshiriladi.
Tokenlarni almashtirishda treyderlar har bir tranzaksiyadan 0,25% to'laydilar, shundan 0,03% fondni ko'paytirishga ketadi, 0,05% yondiriladi va 0,17% likvidlik provayderlari o'rtasida taqsimlanadi.
Pools bo'limida siz CAKE tokenlarini investitsiya qilishingiz va shu bilan stakingdan daromad olishingiz mumkin.
Staking uchun mukofot tanlangan pul birligi bo'ladi, ya'ni agar siz Earn SPS puliga sarmoya kiritsangiz, SPS olasiz. Mukofot istalgan vaqtda tranzaksiya to'lovini to'lash orqali olinishi mumkin.
PancakeSwap qanchalik xavsiz?
Birja CertiK tomonidan tekshirilgan va uning barcha xavfsizlik vositalari bilan bog’langan: Security Oracle, CertiKShield DeepSEA va CertiK Virtual Machine.
CertiK audit natijalarini ushbu sahifada ko'rish mumkin. Sayt shuningdek Slowmist xavfsizlik auditidan o'tgan.
Ushbu tekshiruvlar xizmat firibgarlik emasligini va aniqlashga imkon beradi, ammo ular platforma xavfsizligini kafolatlamaydi.
Shuning uchun har qanday DeFi ilovasidan, jumladan PancakeSwap-dan ehtiyot bo'lish zarar qilmaydi.