top of page

OKX kripto birjasi Singapurda kripto xizmatlar ko’rsatish uchun litsenziya oldi

kriptovalyuta

13/03/24, 10:18

istockphoto

Mashhur kriptobirjalardan biri bo‘lgan OKX birjasi Singapur davlatida faoliyat ko‘rsatish uchun chorshanba kuni Singapur markaziy bankidan raqamli aktivlar litsenziyasi uchun prinsipial rozilik olganini aytdi. Bu OKX birjasi uchun mamlakatlarda o‘zining meyoriy huquqiy bazasini yaratishda muhim qadam hisoblanadi.


"Singapur - ustuvor bozor va biz bu erga bir muncha vaqtdan beri sarmoya kiritmoqdamiz", dedi OKX prezidenti Xong Fang bayonotida. 


"Singapur markaziy banki printsipial roziligi nafaqat bizning bugungi kunga bo‘lgan majburiyatimizni tasdiqlash, balki Singapur kripto ekotizimiga mas’uliyatli hissa qo‘shuvchi sifatida davom etishimiz uchun ajoyib imkoniyatdir" deya qo‘shimcha qildi Xong Fang.


Avvalroq, OKX birjasi O‘zbekistonda 30-mart sanasidan boshlab rezidentlariga mahalliy qonunlar sabab xizmat ko‘rsatishni to‘xtatganligini aytib o‘tgandik.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page