top of page

O'zbekistonda noqonuniy kripto-aktivlar aylanmasini amalga oshirganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilandi

O‘zbekiston

14/02/24, 12:59

foto:coingecko

2024-yil 19-yanvar 899-sonli O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat -protsessual kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi ‘’ qonunga ko‘ra; Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida kodeksda noqonuniy kripto-aktivlar operatsiyalarini amalga oshirganlik uchun javobgarlik belgilandi.


Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida kodeks 155-4-moddasiga ko‘ra;


Kripto-aktivlarni qonunga xilof ravishda olish, o‘tkazish yoki ayirboshlash, belgilangan tartibda litsenziya olmasdan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmat provayderlari faoliyatini amalga oshirish,- Kripto-aktivlarni hamda mazkur huquqbuzarlikni sodir etish qurollarini musodara qilib, o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olish yoki bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

 

Kripto-aktivlar, shu jumladan, NFTlarni  noqonuniy ravishda litsenziya olmagan  xizmat provayderlari orqali kripto operatsiyalarini amalga oshirish dastlab, ma’muriy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi. Bu holatda barcha kripto-aktivlar musodara qilinib, 15 sutkagacha qamoq yoxud bazaviy hisoblash miqdorining 30 barobarigacha - (10 million 200 ming so‘m )  jarima solinishiga sabab bo‘ladi.

 

Agar ushbu huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo‘llanilganidan so‘ng, yana takrorlansa, Jinoiy javobgarlik keltirib chiqaradi. Jinoyat kodeksi 278-8-moddasiga asosan;

 

 Kripto-aktivlarni qonunga xilof ravishda olish, o‘tkazish yoki ayirboshlash, belgilangan tartibda litsenziya olmasdan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirish yoxud kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari tomonidan anonim kripto-aktivlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

 

O‘zbekiston fuqarolari endilikda faqatgina kripto-aktivlar aylanmasida litsenziyaga ega bo‘lgan xizmat provayderlari (UZNEX) orqaligina kripto operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page