top of page

O'zbekistonda kripto-do’kon va kripto-birjalar faoliyati amalga oshirishda to’lanadigan yig’imlar oshirildi

O‘zbekiston

20/03/24, 09:34

Foto: Freepik

Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun yig‘imlar miqdorini belgilash, ularni to‘lash va taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 3388-sonli buyrug’iga asosan kripto-do’kon va kripto birjalar faoliyatida to’lab boriladigan yig’imlar quyidagicha belgilangan edi;


  • Kripto-birja faoliyati uchun — BHMning 400 baravari (136 000 000 so’m)

  • Kripto-do‘kon faoliyati uchun — BHMning 20 baravari (6 800 000 so’m)


Endilikda 2024 yil 5 martdagi 17-sonli “Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun yig‘imlar miqdorini belgilash, ularni to‘lash va taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandiga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qaroriga muvofiq Istiqbolloi loyihalar milliy agntligining ushbu 3388-son buyrug’iga o’zgartirish kiritildi.


Ushbu yangi qabul qilingan nizomga muvofiq kripto-do’kon va kripto-birjalar doimiy to’lab borishi shart bo’lgan yig’imlar oshirilib, quyidagicha belgilandi;


  • Kripto-birja (400 BHM dan 740 BHM (251 600 000 so’m) ga oshirlidi.

  • Kripto-do‘kon (20 BHM dan 185 BHM (62 900 000 so’m) oshirildi.


Kripto-do’kon va kripto-birjalar uchun doimiy to’lab boriladigan yig’imlar sezilarli o’zgarganiga guvoh bo’lishimiz mumkin. Davlat yig’imlarining oshirilishiga sabab qilib Istiqbolli loyihalar milliy agentligi kripto-birja va kripto-do’konlarning faoliyati tahlili ularning yetarli darajada rentabelligini ko‘rsatayotganligini keltirmoqda.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page