top of page

O'zbekistonda ilk bor kripto haftalik bo'lib o'tadi

#CryptoweekUzbekistan

3 daqiqa

02/05/24, 06:52

Foto: Crypto week PR

Shu yilning 3-6 iyun kunlari Toshkentda Cyrpto Week Uzbekistan haftaligi bo'lib o'tadi. Konferensiya O'zbekistonning kripto regulyatori Istiqbolli Loyihalar Milliy Agentligi, PraeLegal va Heemera kompaniyalari tomonidan tashkillashtiriladi.


Haftalikning birinchi kuni kripto biznesi va shu soha vakillariga bag'ishlanadi.


Ikkinchi kun moliya institutlari, banklar va to'lov tashkilotlariga qaratilib, to'lov tizimlarida mavjud kripto dasturlari va sanoatning yangi tendentsiyalari namoyish etiladi.


Uchinchi kuni kripto aktivlari va blokcheyn ta'limini o'quv dasturlariga integratsiya qilish muhokama markazida bo'lsa, konferensiyaning so'nggi kuni Kripto jinoyatlariga qarshi kurash strategiyalari va kripto aktivlari bo'yicha sud jarayonlari muhokamalariga bag'ishlanadi.


Eng asosiysi konferensiyada sanoat yetakchilari bilan to'g'ridan-to'g'ri hamkorlik imkoniyatlatlari, kripto sferadagi yangi loyihalar ko'rgazmasi shuningdek yetakchi kripto kompaniyalarning eksklyuziv e'lonlari kutilyapti.


NAPP - O'zbekistonda to'g'ridan-to'g'ri Prezidentga hisobot beradigan O'zbekistonning yagona kripto regulyatori.


Heemera - kriptografik analitika, kripto aktivlarni qaytarish, risklarni boshqarish va muvofiqlik bo'yicha global xizmat ko'rsatuvchi provayder.


PreaLegal Uzbekistan - keng ko`lamli, kripto va cyber xuquqlarga ixtisoslashgan va 142 mamlakatda 252 ta ofis tarmog'iga ega bo'lgan xalqaro yuridik firma.


Taklif va homiylik imkoniyatlari uchun bog'lanish: info@cryptoweek.uz yoki https://cryptoweek.uz/#

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page